Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yotoqxonada yashab kelgan uysizlarga Toshkent shahridan turar-joy berildi
Toshkent shahar hokimligi va Chilonzor tuman hokimligi vakillari joriy yilning 17 iyun kuni Prezident sovg‘asi bo‘lgan yangi uylarning kalitlarini Chilonzor tumani, Dilxush ko‘chasi, 38-uyda joylashgan yotoqxonada yashaydigan voyaga yetgan yetim bolalar va yordamga muhtoj qariyalarga topshirishdi. Shuningdek, uy egalariga Chilonzor tuman hokimligining esdalik sovg‘alari berildi. Chilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatov ham bugungi tadbirda faol ishtirok etdi. Bu haqda Chilonzor tuman hokimligining Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Qalampir.uz muxbiri Akmal Eshonxonov tomonidan o‘tkazilgan jurnalist surishtiruvchi natijasida 80 nafar yetim yigit-qizlarga shaxsiy uy-joy berilmoqda
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu yotoqxonaga 31 may kuni borgan edi va ularni uy bilan ta'minlash haqida ham shu kuni aytgandi. Oradan 14 kun o‘tib, 5 nafar kishiga Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarning kalitlari berildi. Bu yerdagilar deyarli 5 yil davomida nurab qolgan binoda yashab kelayotgan edi.
Uch kun o‘tib, ya'ni 17 iyun kuni 7 kishiga esa Qorasuv dahasida qurilgan yangi uylarning kalitlari topshirildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dastlab kalitni olgan 5 kishi 19 iyun, seshanba kuni yotoqxonadan ko‘chishadi. Qolganlar ham qisqa muddatda bu yerni yangi uylarga ega bo‘lgan holda tark etishadi.
Mavzuga oid
09:15
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
08:58 / 17.06.2026
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026