Jahon | 22:15 / 18.06.2018
22693
3 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov AQShning Shimoliy Kavkazga bormaslik tavsiyasiga javob qaytardi

Foto: RIA Novosti / Said Tsarnayev

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh davlat departamentining amerikaliklarga Shimoliy Kavkazga u yerda davom etayotgan” tartibsizliklar va teraktlar” sababli bormaslik tavsiyalariga to‘xtalib o‘tdi va “Vashington Rossiyani AQSh bilan adashtirib qo‘ygan bo‘lsa kerak” deb kinoya qildi.

Qodirovning aytishicha, Rossiyaga futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun kelgan terma jamoalar va muxlislar do‘stona qabul qilingan va “aynan shu holat AQSh davlat departamenti va Rossiyaga adovatini bildirishda eng pastkash usullarni qo‘llovchi ba'zi g‘arb OAVlariga yoqmagan”. 

“Davlat departamenti AQSh fuqarolariga Shimoliy Kavkaz bo‘ylab sayohat qilishni qat'iyan tavsiya qilmayapti. Sabab? Go‘yoki butun Shimoliy Kavkaz bo‘ylab tartibsizliklar va teraktlar davom etayotganmish. Ko‘zlarini pirpiratmay yolg‘on gapiradilar. Davlat departamenti qanday tartibsizliklar va teraktlar haqida gapirmoqda? Balki ular AQSh va Rossiyani adashtirib qo‘yishgandir va AQSh maktablarida bolalar ommaviy ravishda o‘ldirilishini Rossiyada bo‘layotgandek ko‘rsatishayotgandir?”, deb yozgan Qodirov Telegram’da.

Qodirov Rossiyaga adovatda bo‘lgan g‘arb OAVlari haqida gapirarkan, misol sifatida Britaniyaning The Guardian nashrini keltirib o‘tgan. Qodirovning ta'kidlashicha, bu nashr muallifi Misr terma jamoasining jahon chempionati vaqtida Chechenistonda joylashish imkoniyatini “shubhali sovrin” deb atagan. Misrliklar mashg‘ulotlarni Grozniydagi “Axmat Arena” stadionida o‘tkazishmoqda.

“Shubhali sovrin? Gazeta kimning fikrini bayon qilmoqda? Misrliklar Yevropadagi eng yaxshi futbol majmuasida joylashishgan, ajoyib mehmonxonada yashashmoqda, minglab muxlislar e'tiborida, qabuldan mamnunlar! Gardian nega bunga aralashmoqda, tushunarsiz. Maqola muallifi jamoa hattoki qayerda mashg‘ulot o‘tkazayotganini bilmagandan keyin ajablanmasa ham bo‘ladi. Nashr Misr terma jamoasi Bilimxanov nomidagi stadionda to‘xtagan, deb ta'kidlamoqda. Mutlaq bexabarlik”, deb qo‘shimcha qilgan Qodirov. 

Mavzuga oid