Jahon | 11:02 / 18.06.2018
4029
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Antarktikada ilmiy baza tashkil etmoqchi

Foto: Osman Orsal / Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Antarktikada ilmiy baza tashkil etmoqchiligini ma'lum qildi. Erdo‘g‘an bu haqda tvitterda ma'lum qildi. 

Erdo‘g‘anning aytishicha, loyihani 2019 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan. Turkiya bu baza evaziga Antarktikada qutb stansiyalari bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oladi. Erdo‘g‘an boshqa tafsilotlarga berilmagan.

Turkiya 1959 yilda Vashingtonda imzolangan Antarktika haqidagi bitim ishtirokchisi hisoblanadi. Bitimga ko‘ra, Antarktikada faqatgina ilmiy faoliyat olib berishga ruxsat berilgan. Ayni vaqtda 50 dan ko‘proq davlat, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Yevropa davlatlari bu bitim ishtirokchilari hisoblanadi. Hozirda Antarktikada 20 dan ko‘proq davlatning 90 dan ortiq doimiy va mavsumiy stansiyalari faoliyat olib boradi. 

Antarktika sayyoramizning janubiy qutbi hududi bo‘lib, o‘z ichiga Antarktida va unga birikkan orollar hamda Atlantika, Hind va Tinch okeani hududlarini oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid