Jamiyat | 12:44 / 18.06.2018
19596
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyatida otasini o‘ldirgan oqpadar ushlandi - IIV

16 iyun kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilgan.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi Sh.Q. shu tumanda joylashgan “Oybekina-bekina” MChJga qarashli AYoQSh oldida o‘zaro janjal oqibatida Zafarobod tumanida yashagan otasi A.N.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, qochib ketgan. 

Natijada A.N. voqea joyida dunyodan ko‘z yumgan. Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Q. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid