Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alpinistlar Everest tog‘ida o‘z ortlaridan tonnalab chiqindilar qoldirishmoqda
Foto: David Liaño
Dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestni zabt etuvchi alpinistlar uning etagida o‘z ortlaridan dala lagerlari, plastik, qog‘oz, chang‘i tayoqlari, qurilmalar qoldiqlarini qoldirishmoqda. Bu haqda France Press nashri xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, 2017 yilning o‘zida nepallik alpinistlar jamoasi tog‘dan 40 tonnaga yaqin chiqindilarini olib chiqishgan.
Bu chiqindilarni bartaraf etish Nepal hukumatiga qimmatga tushmoqda. Shu sababli yaqin orada barcha alpinistlar uchun maxsus “chiqindi depoziti” kiritilishi mumkin. Unda chiqindilarni bartaraf etish xarajatlari hisobga olinadi.
Everestga ko‘tarilishda eng ifloslangan qism 6400 metr balandlikdagi 2-lager hisoblanadi. Aynan o‘sha yerdan barcha chiqindining 80 foizi olib chiqiladi.
Nepal alpinistlar uyushmasi a'zolarining ta'kidlashicha, ekspeditsiyalar a'zolari tomonidan qoldirilgan chiqindilar shamol bilan tog‘ daryolari tomon uchirib ketiladi va ularni ifloslantiradi.
Mavzuga oid
22:44 / 23.04.2026
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
11:35 / 02.04.2026