O‘zbekiston | 15:08 / 19.06.2018
4485
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura delegatsiyasi Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi rektori bilan uchrashdi

Foto: Wikipedia

Tashrif doirasida Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasining Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi rektori Martin Kroytner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro antikorrupsiya akademiyasi rahbariga respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish, uning darajasini minimallashtirish, davlat va jamiyat hayotidagi korruptsiogen omillarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Xususan, 2017 yilda prezident tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni va 2017-2018 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturiga alohida e'tibor qaratildi.

Xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan BMT korrupsiyaga qarshi kurashish Konventsiyasi va IXTT Istanbul harakatlar rejasining tavsiyalarini implementatsiya qilish, jinoyat ishlarini tergov qilish va aktivlarni qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar borasida aytib o‘tildi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur hujjatda ushbu g‘ayriijtimoiy hodisaga qat'iy murosasizlikni shakllantirish, jamiyatning xabardorligini oshirish bo‘yicha keng targ‘ibot-tashviqot ishlari aks ettirilgan.

M.Kroytner O‘zbekistonda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida Akademiyaning zaruriy ekspertlik salohiyatini safarbar qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Akademiya rahbari kelgusida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga taklif etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid