Farmonga köra, Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida Özbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi taşkil etiladi. 

2025 yil 1 oktyabrdan:

▪️sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş Akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlaş kurslarida davlat granti asosida taşkil etiladi;
▪️kurslarga qabul qilingan şaxslar ularning egallagan lavozimi butun öqiş davri mobaynida saqlanadi;
▪️ öqiş davrida tinglovçilarga sudya yordamçisining 1 oylik mehnatiga haq tölaş fondi miqdorida har oyda stipendiya tölanadi;

▪️kursga qabul qiliş quyidagilardan iborat tanlov asosida amalga oşiriladi:

▫️psixologiya, 
▫️chet tillari; 
▫️sud ixtisosligi böyiça test sinovlari;
▫️yozma imtihon; 
▫️yakka tartibdagi suhbat.

Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga köra, kursni tamomlagan bitiruvçilar arizasiga asosan böş sudyalik lavozimlariga ötkaziladigan tanlovlarda iştirok etadi. 

Öqiş dasturini özlaştirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan  ötmagan tinglovçilar, böş sudyalik lavozimiga 3 yilgaça muddatda ariza topşirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallaşni rad etgan bitiruvçilar olingan stipendiya summasini töliq miqdorda qoplab beradi.