Farmonga köra, sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oşirişning quyidagi tartibi joriy etiladi:
🔹 5 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har 2 yilda, 10 yil muddatga tayinlangan sudyalar – har 3 yilda 2 haftadan kam bölmagan;
🔹 Oliy sud sudyalari, sud raislari va rais örinbosarlari, şuningdek, muddatsiz davrga tayinlangan sudyalar – har 3 yilda 1 haftadan kam bölmagan;
🔹 faoliyat samaradorligi reytingining past körsatkiçlariga ega sudyalar – navbatdan taşqari 2 haftadan kam bölmagan;
🔹 sud apparati xodimlari – har 2 yilda 1 haftadan kam bölmagan malaka oşiriş kurslarida öqitiladi.
Amaldagi sudyalar uçun murakkab toifadagi işlar böyiça malaka oşiriş kurslari taşkil etiladi.
Rahbarlik lavozimlariga, qoida tariqasida, faqat rahbar kadrlarni qayta tayyorlaş kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan sudyalar tayinlanadi.
Akademiyada 2026-2027 öquv yilidan “Sud faoliyati” mutaxassisligi böyiça magistratura dasturi asosida öqitiş taşkil etiladi.











