Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Xitoyga keldi
Foto: kyodonews
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pekinga keldi. Yaponiyaning Nihon Television Network telekompaniyasi operatorlari Kimning hukumat samolyotidan tushayotganini tasvirga olishgan.
Parvozlarni monitoring qiluvchi Flightradar24 portali ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In Pekinga o‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga Singapurga borgan samolyotda kelgan.
Kim Chen In Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashib, 12 iyunda bo‘lib o‘tgan AQSh-KXDR sammiti va keyingi muzokaralarni olib borishni muhokama qiladi. Tashrif 2 kun davom etadi.
Kim Chen In Xitoyga 25-28 mart kunlari ham rafiqasi bilan tashrif buyurgandi. Bu Kimning 2011 yilda hokimiyatga kelgandan keyin ilk xorijiy safari bo‘lgan. Kim Chen Inning Xitoyga ikkinchi tashrifi 7-8 may kunlari bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026