Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning yana bir sobiq bosh vaziri hibsga olindi
Foto: RIA Novosti / Vladimir Pirogov
18 iyunda Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Jonto‘ra Satibaldiyev Bishkek issiqlik energiya markazini (IEM) modernizatsiya qilishda yo‘l qo‘yilgan korrupsiyaga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Yanvarda IEMda yuz bergan avariyadan keyin Qirg‘izistonda ushbu strategik obektning modernizatsiya qilinishi bo‘yicha yirik mojaro avj olgan. IEM Xitoy mablag‘lari hisobiga modernizatsiya qilingan va bunga 386 mln dollar sarflangan. Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha avvalroq Qirg‘izistonning yana bir sobiq bosh vaziri Sapar Isakov, Bishkekning sobiq meri Kubanichbek Kulmatov, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev hibsga olingandi.
Satibaldiyev jinoyat kodeksining “Jinoyatda ishtirok etish” va “Korrupsiya” moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etish gumoni bilan ushlangan. Satibaldiyev IEMning modernizatsiyasi bo‘yicha hujjatlar imzolangan vaqtda mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan. U ayni vaqtda vaqtinchalik izolyatorga jo‘natilgan. Sud yaqin orada unga nisbatan ehtiyot chorasini belgilaydi.
Mavzuga oid
18:30 / 29.12.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025