Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIVning yangi joyi ma'lum, eski binoga esa Senat joylashadi
O‘zbekiston parlamenti – Oliy Majlisning yuqori palatasi – Senat Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi esa, Xalq bankining bosh qarorgohi (Toshkent shahri hokimiyatining sobiq binosi)ga joylashadi. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlangan.

Bundan avval, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa joyga ko‘chayotgani munosabati bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va asosiy veb-sahifasida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
«Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida (veb-sahifa, Facebook’dagi sahifa, YouTube’dagi kanal) uzilishlar bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», - deyiladi TIV xabarida.
Shundan keyin Tashqi ishlar vazirligi Mustaqillik maydonidagi Moliya vazirligi binosiga ko‘chishi, Tashqi ishlar vazirligining hozirgi binosiga esa Senat joylashishi haqida xabarlar tarqalgandi. Endi bu xabarlarning ikkinchi qismi haqiqat bo‘lib chiqdi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Senatning hozirgi binosi prezidentning vaqtinchalik qarorgohiga aylangan.

Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
21:24 / 03.12.2025