Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida uchinchi marta Messiga hakamlik qiladi
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Argentina – Xorvatiya o‘yinini boshqaradi. Bellashuv 21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida soat 23-00da boshlanadi.
Bu Ermatov uchun jahon chempionatlaridagi 10-o‘yin bo‘lib, hamyurtimiz bu borada o‘ziga tegishli bo‘lgan dunyo rekordini uzaytiradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.
Qayd qilish joizki, Ravshan Ermatov faoliyatidagi uchinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Janubiy Afrikada o‘tkazilgan JCh-2010 va Braziliyada o‘tkazilgan JCh-2014 musobaqalarida ishtirok etib, jami 9ta o‘yinni boshqargan va dunyo rekordini o‘rnatgan.
Ermatov ikki marta Argentina terma jamoasi o‘yinlarida ishlagan. Har ikkala bahs Janubiy Afrikadagi JCh-2010 turnirida bo‘lgan. Guruh bosqichida Argentina Gretsiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Chorakfinalda esa Germaniyaga 0:4 hisobida yutqazgan.
Ma'lumot o‘rnida, Ravshan Ermatov 2003 yildan beri FIFA referisi sanaladi. U 5 marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 2015 yilda esa eng yaxshi hakam sifatida Globe soccer awards mukofotini olgan.
Mavzuga oid
22:37 / 12.10.2025
Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:16 / 06.10.2025
«Yarmining yarmi ham emas» – Kannavaro bilan kelishuvning ayrim tafsilotlari ma’lum qilindi
12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
15:21 / 26.02.2025