«Top-500» - Toshkent shahri kelajagi uchun
Joriy yilning 18 iyun kuni Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida shahardagi biznes va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan «Top-500» anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Bugungi forumdan maqsad qanday?
Shaharning yangi rahbariyati ishini umuman boshqacha tashkil etayotganini namoyish qilishdan iborat. Bu haqda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev shunday deydi:
«Maqsad - qurilayotgan rivojlanish rejalarini biznes hamjamiyati bilan birgalikda va faqat sherikchilik ruhida tashkil etish, «Top-500» hamjamiyati bilan birgalikda Toshkentni Markaziy Osiyoning biznes poytaxtiga aylantirish».
Ochiq aytilgan kamchilik va yechimlar
Anjuman doirasida nutq so‘zlagan Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi asosiy muammolarni ochiq-oydin gapirib o‘tdi. So‘ngra, ushbu masalalar yuzasidan yechimlarni taklif etdi. Toshkentning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqarish zarurligi ta'kidlandi.
«Hamshaharlarimizning ta'limi, madaniyati, jismoniy sog‘lig‘i, ijtimoiy himoyalanishi va ularga yuqori darajali xizmat ko‘rsatilishi ustuvor vazifamiz bo‘ladi. Shahrimizdagi muhitni keskin yaxshilash, barqaror iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta'minlash, shahrimizni yuqori samaradorlik va shaffoflik bilan boshqarish kerak», deydi u.
Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Ortiqxo‘jayevning ta'kidlashicha, yer maydonlarini ochiq auksion orqali taqsimlanishi, shahar bosh rejasining yangilanishi va tasdiqlanishi zarur.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024