Jahon | 09:17 / 20.06.2018
7887
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil olovli varraklar va sharlar tufayli G‘azo sektoriga hujum qildi

Foto: AFP 2018 / Jack Guez

Isroil aviatsiyasi falastinliklarning G‘azo sektoridagi uchta obektiga zarba berdi. Bu olovli varraklar va sharlar sabab yuz bergani aytilyapti, falastinliklar ularni chegaraning qarama-qarshi tomonida yong‘in chiqarish maqsadida uchirishmoqda. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari G‘azo sektori janubiy qismida HAMAS bazasi hududidagi uchta harbiy obektga hujum qildi», - deyiladi Isroil armiyasi matbuot xabarnomasida.

Ta'kidlanishicha, hujum Falastin tomonidan yoqib yuborilgan varraklar va sharlarning uchirilishiga javoban amalga oshirildi.

Hozirgi vaqtga kelib qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.

Mavzuga oid