Jahon | 21:19 / 20.06.2018
9184
2 daqiqa o‘qiladi

Samolyot yo‘lovchilaridan biri boshqa yo‘lovchilardan sadaqa so‘radi (video)

Qatarning Doha shahridan Eronning Shiroz shahriga uchayotgan samolyotda yo‘lovchilardan biri gadoychilik qila boshlagan. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi. 

Voqea Qatar Airways aviakompaniyasining samolyotida parvoz oldidan yuz bergan. Bir erkak o‘rnidan turib, plastik paket bilan qatorlar orasidan yurib yo‘lovchilardan sadaqa so‘ray boshlagan. Yo‘lovchilardan kimdir unga sadaqa ham bergan. Erkak bort xodimlarning uning joyiga o‘tirishini talab qilishlariga qaramay, sadaqa so‘rashni davom ettiravergan.

Ta'kidlanishicha, erkak eronlik bo‘lgan.

Ushbu holat videosi internetda joylashtirilgandan keyin ko‘pchilik salbiy fikr bildirgan. “Bu hazilmi? U qanday qilib samolyotga o‘tirdi?”, deb achchiq bildirgan bir foydalanuvchi. “Kim unga o‘zi chipta olib bergan? Ajablanarlisi, odamlar unga pul uzatganlar!”, deb hayrat bildirgan yana bir foydalanuvchi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid