Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodim tushlikka uch daqiqa avval chiqib ketgani uchun jazolandi
Foto: ABC TV
Yaponiyalik davlat xizmatchisi tushlik vaqtiga belgilangan muddatdan uch daqiqa avval chiqib ketgani uchun jarimaga tortildi va hayfsan oldi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Bunday holat u tomonidan yetti oy davomida 26 marotaba sodir etilgan.
Suv tarmog‘i byurosining 64 yoshli xodimini jazolash uchun rahbarlar tomonidan telekonferensiya chaqirildi, unda ishchining xatti-harakati «o‘ta afsuslanarli» deb baholandi va u kechirildi.
Byurodan ma'lum qilishlaricha, xodim, shu tariqa, xizmatchilardan «bor e'tiborni ishga qaratishni» talab qiluvchi ichki qoidalarni buzgan.
Hodisa Yaponiyada 100 soatdan ortiq ishlashni cheklovchi qonun qabul qilinganidan bir oy o‘tib ro‘y berdi. Qonun Yaponiyadagi «karosi» holatilarni (ko‘p ishlashdan vafot etish) kamaytirishga qaratilgan.
2016 yilda yapon hukumati mamlakatdagi har beshinchi xodimga «karosi» tahdid solayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026
Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
08:31 / 30.03.2026