O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
podpolkovnik Bekmurza Sarsenbayevich Bulatov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
podpolkovnik Alisher Paraxatovich Jumamuratov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
polkovnik Jamshed Sobirjonovich Qodirov - Samarqand viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Taxir Adashovich Xurmatov - Surxondaryo viloyati, Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV tizimida 11ta yangi lavozim tayinlovi ro‘y bergandi.