Jamiyat | 14:37 / 21.06.2018
15949
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘zbekistonlik ayol palov pishirish chog‘ida kuyib, hayotdan ko‘z yumdi

Foto: IA SakhalinMedia

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol Moskvadagi dala hovlisida palov pishirayotgan vaqtda jiddiy kuyish jarohatini oldi. U shifoxonaga olib ketilib, u yerda ikki haftadan ko‘proq muddat davomida qolgan, shundan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Nation News nashri xabar bergan.

Moskva politsiyasiga tez yordam shifokorlaridan xabar kelib tushgan, unda Dmitriy shossesi yaqinida joylashgan uylardan birida ayolning tanasi ko‘zdan kechirilgani aytiladi. Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning 35 yoshli fuqarosi 26 may kuni, milliy taom - palovni pishirish vaqtida jiddiy kuyish jarohatlari olgan.

Ayol shifoxonaga olib ketildi va u yerda 14 iyun kuniga qadar bo‘lgan. Shundan so‘ng u uyiga qaytariladi, 19 iyun kuni kechqurun esa hayotdan ko‘z yumgan. 

Ayni damda politsiyachilar ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirishmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid