Ota poygachi o‘g‘lini yonayotgan mashina ichidan chiqarib oldi (video)
Britaniyalik poygachi Mayk Jons o‘tgan dam olish kunlari AQShda o‘tuvchi NASCAR uyushmasi poygasida jiddiy avariyaga uchradi.
Jons burilishdan chiqish vaqtida raqibi mashinasi bilan to‘qnashib ketgach, to‘siqqa borib urilgan va yonib ketgan. Shunda pit-stopdan boshlab poygachini kuzatib kelayotgan uning otasi to‘siqdan oshib o‘tib, yonayotgan mashina oldiga birinchi bo‘lib yetib kelgan.
Ota poygachi o‘g‘lini mashina ichidan uning oynasi orqali tortib olib, so‘ngra mashinadan nariga ketish o‘rniga uning ichiga oynasi orqali suqilib, yong‘inni o‘chirish tizimini faollashtirgan. Yordamga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni batamom o‘chirishgan.
Poygachining otasi Din Jons mahalliy OAVga bergan intervyusida avtomobil yong‘in oqibatida yonib kul bo‘lganini, biroq asosiysi farzandiga shikast yetmaganini aytgan.
“Menda qo‘rqish uchun vaqt yo‘q edi, men o‘g‘limni mashina ichidan chiqarib olishim kerak edi. Men shunchaki o‘z farzandiga yordamga kelgan otaman. Hech kim o‘g‘limni qutqarishimga to‘sqinlik qilolmasdi”, deb aytgan poygachining otasi.
Biroq poyga tashkilotchilari qahramon otani poyga vaqtida trassaga chiqqani uchun jazolashgan.
Mavzuga oid
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13:32 / 08.09.2022
Buxoroda birinchi Bukhara night race xalqaro poyga turniri o‘tkaziladi
07:25 / 12.04.2022