Jahon | 07:34 / 21.06.2018
14027
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShga 200 amerikalik askarning jasadini topshirdi

Foto: Win McNamee/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya AQShga 1950-1953 yillarda Koreya urushi vaqtida halok bo‘lgan 200 nafar amerikalik harbiyning jasadini topshirganini ma'lum qildi.

“Biz halok bo‘lgan qahramonlarimizning jasadlarini qaytardik”, deb aytgan Tramp Dulut shahridagi namoyishda.

Koreya yarimorolidagi urushda 35 mingdan ko‘proq amerikalik harbiy halok bo‘lgan. Ulardan 7,7 mingga yaqini bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. 

Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurdagi uchrashuvda Koreya urushi vaqtida halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan amerikalik harbiylarning jasadlarini izlash haqida kelishib olishgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid