![](https://storage.kun.uz/source/3/TOoTHJUiO5Q7q_NKXsILGYG8YyfB1hSM.jpg)
Saudiya Arabistoni JCh-2018 guruh bosqichi ikkinchi turida Urugvayga qarshi o‘ynab, 0:1 hisobida yutqazdi.
Bu saudiyaliklar uchun turnirdagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Birinchi turda Xuan Antonio Pitstsi jamoasi Rossiyaga 0:5 hisobida yutqazdi. Shu tariqa, Saudiya Arabistoni muddatidan ilgari A guruhidan pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
Saudiyaliklar Urugvayga mag‘lub bo‘lishi guruhdagi yana bir jamoa - Misrning pley-offga chiqish uchun nazariy imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi, birinchi turda Urugvayga (0:1), ikkinchi Rossiyaga (1:3) yutqazgan misrliklar Urugvay keyingi ikki turda mag‘lub bo‘lishi evaziga pley-off bosqichi uchun imkoniyat saqlab turgandi.
Bugun shuningdek B guruhida Marokash Portugaliyaga yutqazdi va ikki turda bitta ham ochko olmagan holda muddatidan avval turnirni tark etdi.
Ikkinchi tur o‘yinlari yakunlariga ko‘ra Rossiya va Urugvay muddatidan avval JCh-2018 pley-off bosqichining ilk ishtirokchilari bo‘lishdi. Bu terma jamoalar 6tadan ochko jamg‘argan.