Light | 00:40 / 23.06.2018
6870
3 daqiqa o‘qiladi

Bizga uyqu bermaydigan rang bilan kurashish yo‘li topildi

Foto: Fotolia

Manchester universiteti tadqiqot guruhi kechqurun qurilmalar ekranining yashil-ko‘kish ranglarni ko‘z uchun sezdirmay qisqartirish imkonini beruvchi usulni ishlab chiqdi. Olimlar shu tariqa "telefon bilan bog‘liq uyqusizlik"ka qarshi kurashishga umid qilishmoqda.

Tsian - yashil va ko‘k ranglar o‘rtasidagi 485-500 nanometrli to‘lqinga ega rang diapazoni. Uni shuningdek dengiz to‘lqini rangi yoki moviy rang deb ham atashadi.

Biologlarning fikricha, bu diapazondagi yorug‘lik tunga yaqin melatonin ishlab chiqarishga to‘sqinlik qiladi va shu tariqa bizning uyqu rejimimiz bog‘liq bo‘lgan yashirin omil hisoblanadi.

Hatto inson ko‘zi yashil-ko‘kish ranglar intensivligini sezmasa ham, yorug‘lik ta'siri o‘zgaradi.

Olimlarning Sleep ilmiy jurnalida chop etilgan maqolasida zamonaviy telefonlardagi tungi rejimlar bu diapazondagi kunduzgi yorug‘likka xos ranglar yorqinligini pasaytira oladi, lekin shu bilan birga, displeyning rang tizimi ham o‘zgarishi haqida ma'lum qilishdi.

Ranglar yorqinligi susayadi va buning natijasida havo rang yorug‘lik ham qisqaradi.

Yangi tadqiqot ranglar yorqinligini saqlab qolgan holda yorug‘likni insonga sezdirmay qisqartirish imkoni mavjud ekanligini isbotlaydi.

Tajribalar foydalanuvchilar yashil-havorang yorug‘likka tuzatish kiritilgan ekran va oddiy displey o‘rtasidagi farqni sezishmaganini, biroq tezroq uyquga ketishganini ko‘rsatdi.

Telefon bilan bog‘liq uyqusizlik

Televizorlar, telefonlar, noutbuklar va boshqa qurilmalar ko‘kish yorug‘lik taratadi, u esa tasvirning ko‘zga ta'sirini oshiradi. Inson miyasi bu yorug‘likni kunduzgi chiroq sifatida qabul qiladi va uyqu rejimi uchun javob beruvchi melatonin ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi.

Zamonaviy smartfonlar ko‘kish yorug‘likni qisqartiruvchi va tungi vaqtda ranglar yorqinlinini so‘ndiruvchi tungi rejimga ega.

Windows va Mac OS operatsion tizimlari uchun xuddi shunday funksiyali qarorlar mavjud, f.lux ilovasi shular jumlasidandir.

Mavzuga oid