Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi shartli ravishda qo‘yib yuborilgan
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib 16 iyun kuni qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ayni paytda ozodlikka chiqarilgan va Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshlarining uyida bo‘lib turibdi.
1972 yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan, 2014 yil AQSh fuqaroligini olgan Zokir Aliyev mamlakatga O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasidan viza olib kelgan, ammo bir kunning o‘zida qo‘lga olinib, Qarshi shahriga olib ketilgandi. U 3 kun davomida DXX hibsxonasida ushlab turilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xabarida u terroristik tashkilotga aloqadorlikda gumon qilinib, 2005 yildan beri «O‘zbekiston islom harakati» faoliyatiga aloqalanib qidiruvda bo‘lgani ma'lum qilingan.
KUN.UZ manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 155, 159 va 223 moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, Aliyev dastlablki tergov-surishtiruv chog‘ida o‘z aybiga qisman iqrorligini bildirgan.
U tergov-surishtiruvdan so‘ng, munosib xulq atvorda bo‘lish haqidagi tilxat va mamlakatdan chiqib ketmaslik sharti bilan ozodlikka chiqarilgan.
Mavzuga oid
11:25 / 04.02.2026
Chiroqchi tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
16:31 / 19.11.2025
Prezident yig‘ilishida ikki tuman hokimi ishdan olindi
08:22 / 14.11.2025
Qashqadaryoda fuqaroning uyidan 20 kilodan ortiq marixuana musodara qilindi
18:35 / 12.11.2025