Jamiyat | 13:58 / 23.06.2018
2203
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IIBBda krossoverlar va mobil shtablar paydo bo‘ladi

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasini joriy etish doirasida krossoverlar va avtobuslar negizida mobil shtablarga ega bo‘ladi. Bu haqda juma kuni tashkil etilgan brifingda Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat boshlig‘i Azizxon Umarxonov ma'lum qildi, deb yozyapti Gazeta.uz.

Joriy yilning oxiriga qadar patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari avtomobil parkini qayta jihozlashning birinchi bosqichi uchun 50ta Chevrolet Tracker avtomobili qabul qilib olinishi kutilmoqda. «Buni shahar imijini yaxshilash sifatida ko‘rish mumkin», - dedi Azizxon Umarxonov.

Mobil aloqa markazlarining faoliyat yuritish va jamoat tartibini saqlash kuchlarini muvofiqlashtirish amaliyoti joriy etiladi, ular ichki ishlar bo‘limlari xizmat ko‘rsatadigan hududga biriktiriladi. Buning uchun 80ta maxsus jihozlangan Isuzu avtobuslari ajratiladi.

«Mobil markazlarda videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi, ularda avtomobillar raqamlari va yuzlarni aniqlash imkoniyati bo‘ladi. Ushbu «aqlli avtobuslar» voqea joyiga boradi, u yerda mini-shtab tashkil etiladi», - deya xabar berdi IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari. 

Avtobuslar ommaviy tadbirlar vaqtida ham qo‘llaniladi, biroq u odamlarni uchastkaga olib borish uchun foydalanilmaydi, deya ta'kidladi u. Azizxon Umarxonov ijtimoiy tarmoqlarda bunday yangilanishlar komendantlik soati joriy etilishi bilan taqqoslangan ma'lumotlarni rad etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid