Jahon | 08:27 / 24.06.2018
4880
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida ayollarga avtomobillarni boshqarishga ruxsat kuchga kirdi

Foto: Fotolia

Saudiya Arabistoni ayollari 24 iyunda ularga transport vositalarini boshqarishga ruxsat kuchga kirgandan keyin ertalabdan o‘z avtomobillarini boshqargancha ko‘chalarga chiqdilar.  

2017 yil sentabrda Saudiya Arabistoni qiroli ayollarga avtomobillarni boshqarishga ruxsat beruvchi farmon chiqargan. Bu farmon 24 iyundan rasman kuchga kirdi.

Bungacha Saudiya Arabistoni ayollarga mashina haydashga taqiqlov amal qilgan dunyodagi yagona davlat bo‘lib qolayotgandi. 

Saudiya Arabistonida hokimiyat tepasiga qirol Salmon kelishi va uning o‘g‘li Mumammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlanishidan keyin ijtimoiy sohada avval amal qilgan qat'iy taqiqlovlar olina boshlandi.

Bir necha oy avval mamlakatda 40 yil ichida birinchi marta kinoteatrlar faoliyat yurita boshladi, yaqin orada qirollikda teatr paydo bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ayollarning ijtimoiy maqomi ham o‘zgarmoqda. Ularga mashina haydash, sport tadbirlariga tashrif buyurish va armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi. Shuningdek, qirollikda ayollarga futbol o‘ynashga izn berish muhokama qilinmoqda.

Mavzuga oid