Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada prezident va parlament saylovlari boshlandi
24 iyunda Turkiyada muddatdan avval prezident va parlament saylovlari boshlandi.
Prezident saylovlarida 6 nomzod ishtirok etmoqda: Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an (Adolat va taraqqiyot partiyasi), Muharram Injye (muxolif Xalq-respublika partiyasi), Salohiddin Demirtosh (Xalqlar demokratiyasi partiyasi), Meral Akshener (Yaxshi partiya), Temel Karamullao‘g‘lu (Baxt partiyasi) va Dogu Perinchek (“Vatan” partiyasi).
Prezident saylovlari bilan birga Turkiya Buyuk milliy yig‘ini – parlament saylovlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu saylovlarda 9 ta partiya ishtirokka qo‘yilgan.
Turkiyada hammasi bo‘lib 56,3 mln kishi ovoz berish huquqiga ega. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 17.00gacha ishlaydi. Xorijda 1,5 mln turk fuqarosi muddatdan avval ovoz berib bo‘ldi.
Prezident saylovlarining bosh favoritlari Erdo‘g‘an va Injye hisoblanadi. Erdo‘g‘an 1-turning o‘zidayoq g‘alaba qozonishiga ishonmoqda, buning uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘ish talab etiladi. Biroq jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi ba'zi markazlarning fikricha, saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tadi. 2-tur 8 iyulga belgilangan.
Turkiya prezidenti va parlamenti 5 yillik muddatga saylanadi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026