Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilning eng yaxshi byudjyet smartfonlari nomi e'lon qilindi
Ekspertlar 2018 yilning eng yaxshi byudjyet smartfonlari modellari ro‘yxatini tayyorlashdi. Mutaxassislar ro‘yxatni tuzishda narxi 200 dollardan oshmagan qurilmalarni ko‘rib chiqishdi.
Shunday qilib, eng yaxshi byudjyet smartfon sifatida Xitoyning texnik ma'lumotlar va sifatli kamera bilan takomillashtirilgan Xiaomi Redmi Note 5 smartfoni tan olingan. Ushbu qurilmaning metall korpus bilan ta'minlangani modelga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi.
Norasmiy reytingning ikkinchi o‘rnini Xiaomi Redmi 5'ning ixcham varianti o‘rin oldi. U hajm jihatidan kichikroq bo‘lishiga qaramay, texnik imkoniyatlariga ko‘ra "akasi"dan qolishmaydi. Unda Snapdragon 400 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, bu tasvir sifatidan qayg‘urmay, hatto eng murakkab o‘yinlarni ham osonlik bilan ishga tushirish imkonini beradi. Smartfon bahosi taxminan 150 dollarni tashkil qiladi.
Yetakchi smartfonlar uchligini o‘z o‘lchamlari va texnik parametrlari bo‘yicha ko‘pchilikka ma'qul kelgan Xiaomi Redmi 5 Plus tugallaydi.
Bundan tashqari, eng yaxshi byudjyet smartfonlar ro‘yxatida Nubia Z17 Lite va Meizu Pro 6 Plus kabi modellar ham qayd etilgan.
Mavzuga oid
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
02:44 / 28.12.2025
Honor ventilyatorli va ulkan batareyali smartfonlarini taqdim etdi
15:29 / 24.12.2025