O‘zbekiston | 17:10 / 25.06.2018
5175
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» navbatdagi charter reysni amalga oshirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Chexiya milliy terma jamoasining muxlislarini Qozonga, futbol bo‘yicha jahon chempionatiga olib bordi. Joriy yilning 25 iyun kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Varshava - Qozon - Varshava yo‘nalishi bo‘yicha charter reysini amalga oshirdi. 

Polsha terma jamoasining 185 nafar ishqibozi Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatiga zamonaviy Boeing 757 laynerida Varshavadan Qozonga olib borildi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, 2018 yil 18 iyunda O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi Kolumbiya terma jamoasi futbolchilarining oilasi, ma'muriyat va muxlislarni o‘z manziliga yetkazish uchun Barselonadan Qozonga charter reysni amalga oshirdi.

Mavzuga oid