Jahon | 07:50 / 27.06.2018
2594
1 daqiqa o‘qiladi

17ta shtat Tramp ma'muriyatini migrantlar sabab sudga berdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati migrantlar oilasini «shafqatsiz va noqonuniy» ajratishda ayblandi. Bu boradagi tegishli da'vo arizasi 17ta shtat va Kolumbiya okrugi bosh prokurorlari tomonidan berildi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Siettl okrug sudiga kelib tushgan hujjatda aytilishicha, Tramp ma'muriyati Lotin Amerikasi davlatlaridan kelayotgan migrantlarga dushmanlik kayfiyatida bo‘lib, ularga zarar yetkazmoqchi. 

AQSh prezidentining 20 iyundagi farmoni noqonuniy migrantlar oilasini, ular qo‘lga olinganida ajratishni taqiqlaydi. Biroq, da'vo arizasi mualliflari bu hujjatni «xom xayol» deb atashdi.

BMT iyun oyi boshida AQSh migratsiya siyosati tanqid ostiga oldi. Uning doirasida mamlakatga kelgan noqonuniy muhojirlar farzandlari o‘z ota-onalari bilan birga qo‘lga olinardi. Tashkilot matbuot kotibi Ravina Shamdasanining ma'lum qilishicha, bunday choralar bola huquqlariga ziyon yetkazadi. 

Mavzuga oid