Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FA ko‘tarma pullarga barham beradi, oylik va mukofotlarni esa cheklaydi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi biror klubning yilni qarzdorlik bilan yopishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb xabar beradi O‘FA sayti.
2018 yilgi yozgi transfer oynasidan boshlab, maoshini ololmayotgan futbolchilar va murabbiylar shikoyat arizasini maksimum 2 yil ichida yozishi kerak bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, 2016 yilning iyun oyigacha bo‘lib o‘tgan ishlarni ko‘rib chiqish masalasini O‘FA hamda PFL o‘z bo‘yniga olmaydi.
To‘g‘ri, O‘zbekiston Respublika Fuqarolik kodeksining 150-moddasida umumiy da'vo muddati 3 yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu kabi masalalarni Xalqaro futbol uyushmasining talabi asosida ishlab chiqadi, ya'ni, FIFA nizomlariga bo‘ysunadi.
FIFAning “Futbolchilarning o‘tishi va maqomi” to‘g‘risidagi reglamenti 25-bo‘lim 5-bandida shunday deb yozilgan: “Futbolchilar maqomi bo‘yicha qo‘mita, Bahsli vaziyatlarni (mojarolar) hal qilish bo‘yicha palata, shuningdek, Yakka tartibdagi sud hamda Mojarolarni hal qilish bo‘yicha palata sudi o‘z vakolatiga kiruvchi har qanday ishni u sodir bo‘lganiga ikki yil to‘lgach, ko‘rib chiqmaydi. Ikki yil muddatgacha berilgan da'vo arizalari esa individual tarzda o‘rganib chiqiladi”.
2019 yilgi mavsumdan boshlab PFL barcha uchun bir turdagi shartnomalarni joriy qiladi. Tomonlar shartnoma shartlarini o‘zaro kelishib olishi va unga qo‘shimcha bandlar kiritishi mumkin. Biroq undagi masalalar tartibli bo‘lishi shart. 2018 yildan qarzdorligi qolib ketayotgan futbolchilar va murabbiylar, 2019 yilgi mavsum uchun imzo chekmaydi.
Ko‘tarma pullar masalasi esa PFL tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Yaqin orada bunday pullar futbolchini yetishtirib bergan murabbiy hamda maktablar uchun sarf etilishi borasida qaror chiqishi katta ehtimol. Na futbolchi, na murabbiy va na biror-bir rahbar hali ko‘rsatilmagan natijasi uchun tayyor pul olmaydi. Oylik, mukofot pullari masalasida klublar va futbolchilar o‘zaro kelishib olishi mumkin. Zero yutuq uchun beriladigan mukofotni to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. Yil boshida yuz millionlab pulni o‘zlashtirib oladigan futbolchidan esa yana qandaydir motivatsiya kutish mantiqsiz. O‘z navbatida har qanday mukofotda ham me'yor bo‘lishi lozim. Klublar qachonki xususiy bo‘lsa, pulni o‘zi istaganicha sarf etaverishi mumkin. O‘FA va PFL o‘sha me'yorni ham ko‘rsatib beradi, deyiladi O‘FA xabarida.
Mavzuga oid
17:55 / 10.06.2026
O‘zbekistonning JChdagi asosiy libosi ESPN reytingida oxirgi uchtalikka kirdi
12:06 / 20.05.2026
Niderlandiya futbol federatsiyasiga o‘rtoqlik o‘yini uchun pul to‘lanmaydi - O‘FA
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
21:37 / 10.04.2026