Sport | 13:47 / 28.06.2018
21096
2 daqiqa o‘qiladi

Azmun 23 yoshida terma jamoa bilan xayrlashdi

Rossiyaning «Rubin» klubi hujumchisi Serdar Azmun 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin Eron terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

«O‘z mamlakatim terma jamoasi safida o‘ynash men uchun katta sharaf bo‘ldi. Afsuski, men terma jamoa bilan xayrlishishga qaror qildim. Balki bu hayotimdagi eng og‘ir qaror edi, axir yosh futbolchi uchun terma jamoadan chaqiruv olish oson bo‘lmaydi», — deya yozgan 23 yoshli futbolchi «Instagram»dagi sahifasida.

Serdar Azmun 2014 yildan buyon Eron terma jamoasida o‘ynab kelayotgandi. U terma jamoa safida 36 o‘yin o‘tkazgan va jami 23 gol urgan.

Eron terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida B guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va turnir pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Azmun guruh bosqichidagi 3 o‘yinda ham maydonga tushdi, lekin bitta ham gol ura olmadi. Bu o‘yinlarda Eron Marokashni yengdi (1:0), ispanlarga yutqazdi (0:1) va portugaliyaliklar bilan durang o‘ynadi (1:1).

Mavzuga oid