Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar faoliyatida planshetdan foydalanmoqda
Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida ilk marta senatorlar elektron axborot tashuvchi mobil qurilmalardan (planshet) foydalangan holda ish olib bormoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, mazkur yalpi majlisda 78 nafar senatorning ishtiroki tasdiqlangan. Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev "ortiqcha qog‘ozbozlik va sarflarni kamaytirish, ishlarni samarali tashkil etish maqsadida" senatorlarga planshet tarqatilgani haqida ta'kidlab o‘tdi.


Planshetlar xotirasiga muhokamaga qo‘yilgan barcha qonunlarning elektron matni kiritilgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ham planshetlardan foydalangan holda ishlashni amaliyotga kiritgandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026