Jahon | 23:01 / 29.06.2018
3453
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyadagi qo‘shinlari shtabini Seuldan olib chiqdi

Foto: EPA\UPG

AQSh qurolli kuchlarining Janubiy Koreyadagi ko‘mondonlik tuzilmalari Seuldan 70 km uzoqlikdagi yangi bosh qarorgohga ko‘chirildi. Bu haqda AR ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, AQShning Janubiy Koreyadagi qo‘mondonligi bosh qarorgohi AQSh qo‘shinlari bu mamlakatda joylashtirilgandan keyin 70 yil davomida Seulning Rensan tumanida bo‘lgan.     

Yangi bosh qarorgoh Pxentek porti yaqinidagi Kemp Xampfris harbiy obekti va harbiy-havo kuchlarining bazasida, 1,5 ming gektar maydonda joylashgan. Bu AQShning xorijdagi eng yirik harbiy obekti hisoblanadi. Bazaning qurilishiga 11 mlrd dollar sarflangan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid