Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi sammiti migratsiya bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Stephanie Lecocq/Pool via REUTERS
Yevroittifoqning 28 davlati rahbarlari va hukumat raislari migratsion inqiroz bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Lyuksemburg bosh vaziri Ksave Bettel xabar bergan.
“Migratsiya bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - dedi u. Bettelning qayd etishicha, Bryussel sammitida bu boradagi muzokaralar deyarli 15 soat davom etgan. U boshqa batafsil jihatlarni keltirmadi.
Avvalroq, GFR kansleri Angela Merkel Yevropa ittifoqi taqdirini uning migratsiya tomonidan qo‘yilayotgan chaqiriqlarga javob berish imkoniyati hal qilishi haqida aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar soni qisqarib borgani sari 2015 yilga qadar amalda bo‘lgan avvalgi migratsion qoidalar qaytariladi. «Yevropa oldida ko‘plab chaqiriqlar turibdi, biroq aynan migratsion masala Yevropa ittifoqi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega», - deya xulosa qilgan Merkel.
Mavzuga oid
09:35 / 15.11.2025
Mers Ukrainaga yordam uchun RF aktivlaridan foydalanishga chaqirdi
12:10 / 09.10.2025
YeI kengashi Yevroittifoqning Rossiya neft va gazidan voz kechishi rejasini muhokama qiladi
19:35 / 14.09.2025
Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 1300 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
16:04 / 13.09.2025