Sport | 19:10 / 29.06.2018
27522
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Maradonaning jahon chempionatidagi sarguzashtlari

FIFA argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradonaga Rossiyada o‘tayotgan JCh-2018 o‘yinlariga kelayotgani uchun pul to‘lamoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, Maradona FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan ta'sis etilgan «pul legend» a'zosi hisoblanadi. U bu guruhdagi eng ko‘p mablag‘ oluvchi a'zo hisoblanadi.

FIFA prezidenti o‘tmishdagi mashhur futbolchilar turnirga tashrifi orqali muxlislarga tarixiy lahzalarni yodga solishini istamoqda.

Jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan o‘yinga tushgani uchun Maradona 11 ming yevro olmoqda (bir o‘yinga 10 ming funt yoki 13 ming dollar). Qolaversa uning boshqa xarajatlari – transport, mehmonxona, chiptalar va boshqalar ham FIFA tomonidan qoplab berilmoqda.

Qayd etish kerakki, Maradona jahon chempionati davomida zeriktirib qo‘ymayapti.

U Argentinaning Islandiyaga qarshi o‘yini vaqtida sigara chekdi, holbuki JCh-2018 o‘yinlari o‘tayotgan stadionlarda chekish taqiqlangandi, xususan, VIP-lojalarda ham. Keyinroq sobiq futbolchi bunday taqiq haqida bilmaganini aytib, uzr so‘radi.

Ikkinchi turda Xorvatiyaga qarshi o‘yin vaqtida esa Maradona o‘zini haddan tashqari hissiyotli tutdi.

Nigeriya bilan o‘yindan oldin esa u muxlislar bilan raqsga tushdi. O‘yin vaqtida sobiq futbolchi g‘alati xatti-harakatlarni amalga oshira boshladi.

Tanaffusda uxladi.

G‘alaba golidan keyin esa u nigeriyalik muxlislarni haqorat qildi. O‘yin yakunlanganida u o‘zini yomon his qila boshladi va uni shifokorga olib ketishdi.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, uning qon bosimi pasayib ketgandi.

30 iyun kuni Argentina Fransiyaga qarshi o‘ynaydi, bu safar u qanday qiliq ko‘rsatadi, kutamiz.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid