Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MOQ: O‘zbekistonda dzyudo futboldan ham ommaviyroq sport turiga aylantiriladi
Kecha poytaxtimizdagi Osiyo dzyudo markazida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov, shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ sayti xabar berdi.


O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shavkat Mo‘minov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rahbar saylanishi lozim edi. Yig‘ilish qatnashchilarining taklif va mulohazalari, fikrlari inobatga olinib, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga Olimpiya o‘yinlari sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi Armen Bagdasarov vaqtinchalik rais vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

Shuningdek, konferensiya davomida Farxod To‘rayev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanib, sportchilarimizni bevosita Osiyo o‘yinlariga tayyorlaydigan bo‘ldi.

Hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaning yangi rahbari oldiga bir qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan, Osiyo o‘yinlarida natijalar samaradorligini oshirish, dzyudoning ommaviyligini yanada ko‘tarish, bu borada sportning ushbu turi ommaviyligini kerak bo‘lsa futboldan ham oshirish asosiy vazifa qilib belgilandi.

Yaqin vaqt ichida mamlakatimizda dzyudoni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Yangi rahbariyat oldiga Respublikamiz bo‘ylab seleksiya ishlarini kuchaytirish, jismoniy baquvvat yoshlarni topib, ularni yangi nom sifatida terma jamoaga tayyorlab berish vazifasi qo‘yildi. Bugungi kunda olib borilayotgan siyosatga monand, dzyudo ham aholi orasida eng quyi bo‘g‘indan, ya'ni maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlab rivojlantiriladi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.02.2026
MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar yuborilayotgani aniqlandi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:19 / 23.08.2025