Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi (MOQ) raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov nomidan bir qator sportçilar hamda sport hamjamiyati vakillariga feyk xabarlar yuborilmoqda. Bu haqda MOQ xabar berdi.

«Uşbu xabarlar feyk akkauntlar tomonidan tarqatilmoqda va bu firibgarlikka uriniş hisoblanadi», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinişiça, özbek sportiga oid barça xabar va bayonotlar faqatgina Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasining rasmiy axborot resurslari yoki federatsiya hamda assotsiatsiyalar orqali e’lon qilinadi.

«Şu munosabat bilan bunday xabarlarga işonmaslik, ularga javob bermaslik, şaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik hamda şubhali akkauntlarni zudlik bilan bloklab, ularga nisbatan şikoyat yuborişingizni söraymiz», deyiladi xabarda.