Tunis terma jamoasi hujumchisi Faxreddin Ben-Yussef jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi Panamaga qarshi kechgan o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu jahon chempionatlari tarixidagi 2500-gol bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Ben-Yussefga qadar yubiley gollarni urgan futbolchilar:
1-gol — Lyusen Loren (Fransiya, 1930);
500-gol — Bobbi Kollinz (Shotlandiya, 1958);
1000-gol — Rob Rensenbrink (Niderlandy, 1978);
1500-gol — Klaudio Kanidja (Argentina, 1994);
2000-gol — Markus Olbak (Shvetsiya, 2006).