Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu barchaga qarshi. Portugaliya Urugvay avtobusini buza oladimi?
Bugun, 30 iyun kuni jahon chempionati pley-off bosqichida yana bir o‘yin o‘tkaziladi. Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Sochidagi «Fisht» stadionida Portugaliya va Urugvay terma jamoalari chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.
Guruh bosqichida standart vaziyatlardan unumli foydalangan Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi portugallar, 2018 yil boshidan buyon bitta ham gol o‘tkazmagan Urugvay himoyasiga qarshi nima qila oladi. Quyida terma jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
Krishtianu Ronaldu Urugvay mudofaasi qarshida: Godinga 19, Musleraga 6 gol
Turnirning asosiy yulduzlaridan biri hisoblanadigan Krishtianu Ronaldu har qanday tarzda va tanasining har qanday qismi bilan gollar ura oladi. Urugvay terma jamoasida esa yuqori toifali himoyachilar jamlangan. Kim yaxshiroq? Urugvay himoya markazi «Atletiko» futbolchilari Diyego Godin hamda Xose Ximenesdan iborat. Ular ko‘p yillardan buyon Ispaniya chempionati doirasidagi o‘yinlarda Ronalduga qarshi to‘p surib kelishmoqda. Lekin ularni portugaliyalik atletga qarshi muvaffaqiyatli to‘p sura olgan deya olmaymiz, ayniqsa Godinga qarshi Ronaldu omadli to‘p surgan.
Futbolchilar shu vaqtga qadar turli turnirlar doirasida 28 marta bir-biriga ro‘baru kelgan, Krishtianu bu o‘yinlarda jami 19 gol urgan. Ayniqsa, 3ta o‘yin sermahsul kechgan, 2011/12 yilgi mavsumda Krishtianu 3ta gol urgan, jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2016/17 yilgi mavsumda ham portugaliyalik futbolchi het-trikka erishgan (3:0), bu o‘yin Ispaniya chempionati doirasida kechgandi. Ammo asosiy het-trik o‘sha mavsumda, Yevropa Chempionlar ligasi yarim finaliga to‘g‘ri kelgandi, o‘shanda ham «Real» 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Urugvayliklar darvozaboni Fernando Musleraning dahshatli tushlari ham Ronaldu bilan bog‘liq. Ularning oxirgi to‘qnashuvidan buyon 5 yil o‘tdi, ammo o‘zaro uchrashuvlarning barchasi Muslera uchun unutilmas o‘yinlardir. «Real» Muslera darvozani qo‘riqlagan o‘yinlarda 3 marta «Galatasaroy»ni 3 marta mag‘lub etgan, to‘plar nisbati - 12:3. Uchrashuvlarning barchasida Ronaldu gol urgan, bir safar het-trik nishonlagan.
Santushning bashorati
Chempionlik uchun boshqa nomzodlar va favoritlardan farqli o‘laroq portugallar o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishmadi. Aksincha, ularning ishtiroki susaymoqda. Ayniqsa, oxirgi turda Eronga qarshi o‘yinda Ronaldu ham o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatdi - penaltini urolmadi. Ammo undan butunlay xavfsiramay qo‘yish yaramaydi, u eng kerakli pallalarda o‘zini ko‘rsatadi.
Portugaliyaning asosiy muammosi ayni vaqtda Villiam Karvalyu bo‘lmoqda. Terma jamoaning yagona stopperi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, u Urugvayga qarshi o‘yindan oldin asosiy guruhdan alohida shug‘ullangan. Tibbiyot xodimlari esa bu Villiam muhim o‘yindan oldin jarohatini yangilab olishdan saqlanish uchun qo‘llangan chora ekanini aytishmoqda.
Xavotirga sabab bo‘ladigan yana bir jihat - portugallarning o‘yin uslubidir. Ularning raqibdan ustunlik tomoni sifatida nimalarni aytish mumkin? Bu uzatmalardagi aniqlik, shuningdek, to‘pga egalik qilish bo‘lishi mumkin. Santushning jamoasida hujum chizig‘ida nomlar bor, lekin ular samarali harakat qila olishmayapti. Guruh bosqichidagi 3 o‘yinda 4 gol uzoq masofadan berilgan zarbalar orqali urilgan. Mana bu ularning fishkasi.
Urugvay 2018 yil davomida hali bironta ham gol o‘tkazib yubormagan, buni Santush portugaliyalik jurnalistlar bilan kechgan noformal suhbat vaqtida ham qayd etib o‘tdi.
«Menimcha, yakshanba kuni men o‘zimni xotirjam his qilib, Rossiyada yana bir muddat qolish uchun tayyorlanayotgan bo‘laman. Men albatta, kelajakni aniq ko‘ra olmayman. Lekin men yigitlarga qattiq ishonaman», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan Record gazetasi.
Ushbu murabbiy Yevro-2016 turniridan oldin ham Portugaliyaga turnirning final uchrashuvidan keyin qaytishini aytgandi. U bashoratchimi? Murabbiyning o‘zi esa o‘zini shunday atashlarini kulgi bilan qarshilaydi.
«Barcha biz oson guruhga tushganimizni aytdi. Ammo nimalar bo‘lganini o‘zingiz ko‘rdingiz. Futbolchilar imkon qadar kuchini barcha o‘yinga teng bo‘lishga harakat qilishdi. Urugvayga qarshi o‘yin Eronga qarshi o‘yindan butunlay farq qiladi», deya qo‘shimcha qilgan Santush.
Murabbiy hozircha boshlang‘ich tarkibni aniqlab olmagan. Shu bilan birga, undan ko‘p o‘zgarishlarni kutish kerak emas. Bosh intriga: hujumda Krishtianuga kim sherik bo‘ladi - Gonsalu Gedeshmi yoki Andre Silva. Agar Villiam o‘yinga tayyor bo‘lmasa, Santush qanday chora ko‘radi? Katta ehtimol bilan bugun Villiamning o‘rnini Adriyen Silva egallaydi, har holda murabbiy bu pozitsiyani Rossiya chempionati ishtirokchisi Manuel Fernandeshga topshirmaydi.
«Standart» vaziyatlar ustasi
Urugvayliklar Portugaliya kabi tomoshabop futbol ko‘rsatishmaydi. Lekin Urugvay shu vaqtgacha o‘z darvozasidan gol olib chiqmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda va 3 o‘yinda 5 gol urishgan. To‘g‘ri, ularning barchasi standart vaziyatlardan urilgan. Oskar Tabares jamoasining asosiy g‘oyasi himoyada ishonchli harakatlanish va har qanday standart vaziyatdan imkon qadar samarali foydalanish.
Suares va Kavanini orqaroqda Vesino, Bentankur va Torreyra qo‘llab-quvvatlab turishadi. Qizig‘i ularning uchalasi ham Italiya chempionatida to‘p surishadi va murabbiylar shtabining taktik ko‘rsatmalarini o‘rnida bajarishadi. Torreyra oxirgi turda Rossiyaga qarshi o‘yinni o‘ta yorqin o‘tkazdi. Bentankurga esa maydon markazi ishonib topshiriladi, to‘pni hujum chizig‘iga yetkazib berish uchun ham u mas'ul. Shunday ekan, portugallar faqat himoyani yorib o‘tishni emas, maydon markazidan qanday o‘tish ustida ham bosh qotirishlari kerak.
O‘yin arafasida Vesino Joau Mariu haqida maqtovli fikrlar bildirdi: «Uning texnikasi ajoyib. Mariu jismoniy jihatdan barkamol emas, ammo undan to‘pni olib qo‘yishning o‘zi bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, u Portugaliya terma jamoasining muhim futbolchisi hisoblanadi. Boshqa portugaliyaliklarga qarshi hali o‘ynamaganman. Lekin shundog‘am bu jamoa kuchli ekani kundek ravshan».
Urugvayliklar Portugaliyaga qarshi o‘yin arafasida ham standart vaziyatlarda qanday harakatlanishni mashq qilishmoqda. Shunday ekan, agar Portugaliya raqibning asosiy kuzirini bartaraf etsa, shuning o‘zi kichik g‘alaba bo‘ladi. Qolgan ishni Ronalduning o‘zi uddalaydi.
URUGVAY – PORTUGALIYa
30 iyun. Sochi. «Fisht» stadioni. 23.00 (Pervyy kanal).
Hakamlar: RAMOS PALASUELOS. Torrentera, Ernandes Paredes (barchasi – Meksika).
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018