Jahon | 09:00 / 01.07.2018
2877
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyalik harbiylar Suriya janubidagi qochqinlarga yordam ko‘rsatishni boshladi

Foto: RIA Novosti

Iordaniya armiyasi Suriya janubida qirollik bilan chegaradosh hududlarda joylashgan qochqinlarga gumanitar yordam ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda Petra agentligi Omandagi axborot vaziri Juman Gneymatga asoslangan holda xabar bergan.

«Oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar yuklangan konvoy og‘ir ahvolda qolgan suriyalik birodarlarga yo‘llandi», deyilgan xabarda.

Qirollik tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safari Iordaniyaning Suriya bilan chegaralari yopiqligicha qolishini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga u rasmiy Oman Suriya janubida o‘t ochish to‘xtatilishi va mavjud vaziyat barqarorlashi tarafdori ekanini bildirgan.

BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Muhammad Xovar Suriya janubida to‘plangan qochqinlar soni 160 ming kishiga yetganini ma'lum qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid