Jahon | 20:45 / 01.07.2018
3235
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yangi prezident tanlanmoqda

Foto: The Washington Pos

1 iyulda Meksikada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Meksikaliklar 2018 yil dekabrda lavozimiga kirishadigan yangi prezidentni 6 yillik muddatga saylashmoqda. Shuningdek, senatorlar, deputatlar, shaharlar merlari, munitsipal deputatlar ham saylanadilar. 

Shu munosabat bilan mamlakatda 157 ming saylov uchastkasi faoliyat olib bormoqda. Ma'lum qilinishicha, mamlakatda 89,3 mln odam saylash huquqiga ega.  

Meksika prezidenti lavozimiga 4 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ular: “Birgalikda tarixni yaratamiz” koalitsiyasidan nomzod Andres Manuel Lopes Obrador, “Barchasi Meksika uchun” koalitsiyasi nomzodi Xose Antonio Mid, “Meksika uchun fuqarolik fronti” koalitsiyasi nomzodi Rikardo Anayya va mustaqil nomzod, Nuevo-Leon shtatining sobiq gubernatori Xayme Rodriges Kalderon.

Oxirgi ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, prezident lavozimi uchun kurashda Lopes Obrador g‘alaba qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega. Bu uning uchinchi saylov kampaniyasi hisoblanadi.

Prezident saylovlari bir turdan iborat bo‘lib, eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod g‘olib bo‘ladi. Saylovlar borishini Meksika partiyalarining 2,7 mlnga yaqin vakili, 30 mingga yaqin mahalliy va 900 dan ko‘proq xorijiy kuzatuvchilar kuzatib boradi.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid