Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya chorak finalda, Ispaniya uyga qaytadi
2018 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniya va Rossiya o‘rtasida Moskvadagi «Lujniki» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi (1:1, penaltilar bo‘yicha — 4-3).
O‘yinning 12-daqiqasida rossiyaliklar jamoasi himoyachisi Sergey Ignashevich o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Mundial mezbonlari 41-daqiqada Artyom Dzyubaning penaltidan bergan zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi, qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib aniqlanmadi va penaltilar seriyasida rossiyaliklar ustun kelishdi. Rossiyaliklar darvozaboni 2 marta penaltini bartaraf etdi va o‘yin qahramoniga aylanib, rossiyaliklarni ilk marta jahon chempionati chorak finaliga olib chiqdi.
Endi turnirning 1/4 finalida Rossiya Xorvatiya – Daniya juftligi g‘olibi bilan uchrashadi. Bu juftlik uchrashuvi bugun Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tadi.
JCh-2018
1/8 final
Ispaniya – Rossiya 1:1 (penalti)
Gollar: 1:0 – 12, avtogol Ignashevich, 1:1 – 41, penalti Dzyuba.
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Nacho (Karvaxal, 70), Ramos, Koke, Buskets, Isko, Silva (Inesta, 67), Asensio (Rodrigo, 104), Diyego Kosta (Aspas, 80).
Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Kudryashov, Fernandes, Kutepov, Zobnin, Jirkov (Granat, 46), Samedov (Cheryshev, 61), Kuzyayev (Yeroxin, 97), Golovin, Dzyuba (Smolov, 65).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Pike (40), Kutepov (54), Zobnin (71).
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018