Jahon | 21:10 / 01.07.2018
3266
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp soliq islohotining ikkinchi bosqichini va'da qildi

© AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, oktabr oyiga qadar soliq islohotining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

«Ikkinchi faza bo‘ladi. Biz buni oktabr oyida qilamiz, balki undan ham oldinroq», degan Tramp  efirda soliqdagi yangi imtiyozlar haqida gapira turib.

U navbatdagi islohotlar korporativ foyda solig‘ini yanada kamaytirishni so‘zda tutishini qayd etib o‘tgan. Trampning fikricha, shu tariqa «o‘rta sinfga ko‘mak qilish» mo‘ljallangan.

2017 yili Tramp korporativ foyda solig‘i 35 foizdan 21 foizgacha tushirilishiga erishgandi. O‘shanda aholining turli toifalari uchun soliqlar pasaytirilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid