Jahon | 14:54 / 02.07.2018
8734
1 daqiqa o‘qiladi

Havoning iflosligi bir yilda 3.2 mln diabet kasalligiga sabab bo‘ldi

Foto: Global Look Press

AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havoning ifloslanish darajasi dunyo bo‘ylab diabetik kasalliklar soni oshishiga ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Lancet Planetary Health jurnali yozmoqda.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, birgina 2016 yilning o‘zida iflos havo 3.2 mln qand xastaligi bilan kasallanish holatiga sabab bo‘lgan. Bu umumiy kasalliklar sonining 14 foizini tashkil etadi. AQShning o‘zida havoning iflosligi yiliga 150 ming yangi qand kasalligi bilan xastalanish holatiga sabab bo‘lmoqda. 

Umuman, 30 mln.dan ortiq amerikalik qand xastaligiga duchor bo‘lgan, dunyo bo‘ylab bu raqam tobora ko‘payib bormoqda. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilga kelib 422 mln katta yoshdagi kishiga shu kasallik tashxisi qo‘yilgan. 1980 yilda bu raqam 108 mln.ni tashkil etgan.

Mavzuga oid