Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonga parvoz qilayotgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi
Foto: Artem Geodakyan/TASS
Tajik Air aviakompaniyasining Moskvadan Xo‘jandga aviaparvozni amalga oshirayotgan havo layneri shoshilinch tarzda Domodedovo aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga samolyot salonining germetikligi yo‘qolgani sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayangan holda.
"Samolyot bortida germetiklik buzilgan. Samolyot yoqilg‘ini ishlatib bo‘lganidan keyin, Domodedovoga qo‘ndi", -degan agentlik suhbatdoshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotda 141 yo‘lovchi bo‘lgan.
Domodedovo saytining onlayn kuzatuviga muvofiq, Tajik Air aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyoti Moskva vaqti bilan 01:03da uchgan. Flightradar24.com portaliga ko‘ra, u Moskva vaqti bilan 04:18da aeroportga qo‘ngan.
Boeing komandiri Domodedovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
12:07 / 23.04.2026
MIVD: Moskva NATOni mag‘lub etishni emas, bo‘lishni ko‘zlayapti
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
11:29 / 26.03.2026
Moskvada kurerlarni robotlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda
09:35 / 17.03.2026