Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokim to‘g‘risida yolg‘on xabar bergan shaxs ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Illyustrativ foto
Buxoroda hokimning pora talab qilganligi to‘g‘risida yolg‘on xabar bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buxoro viloyati, Kogon tumani. “Siyoz Poyon” MFY, O‘zbakon qishlog‘ida yashovchi, “Bunyodkor G‘aybulla zamini” fermer xo‘jaligi rahbari, 1983 yilda tug‘ilgan Ergashev Namoz G‘aybullayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “1007” raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qiladi. U o‘z murojaatida Kogon tumani hokimi Yo‘ldosh Jumayev fermer xo‘jaligining bankdagi hisob raqamiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash evaziga undan 2.000 AQSh dollari miqdorida pora talab qilayotganligi to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berib, hokimni og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, yolg‘on xabar berish jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan N.Ergashevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 237-moddasi 2-qismi bilan qo‘shimcha ayblov e'lon qilingan.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025
Fransiyada Luvrni tunashda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
14:13 / 26.10.2025
5,2 mlrd so‘m qiymatdagi valutalar Tojikistonga olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
11:34 / 25.10.2025