Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijlik bolakayning xaloskori o‘t o‘chiruvchi sifatida ish boshladi
May oyi oxirida Parijda kichik bolakayni yuqori qavatdan qulashdan saqlab qolgan malilik migrant Mamudu Gassama o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlashga doir shartnomani imzoladi. Parisien gazetasi seshanba kuni shu haqida xabar berdi.
Voqea may oyi oxirida ro‘y bergandi. To‘rt yoshli bola balkon to‘sig‘ida osilib qolganini ko‘rgan Gassama sanoqli soniyalar ichida uyning beshinchi qavatiga ko‘tarilib, bolaning hayotini saqlab qoldi. Ko‘chadan ketayotib voqeaning ustidan chiqqan guvohlardan biri buni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan va millionlab foydalanuvchilar uni tomosha qilishgan.
Bu qahramonlik haqidagi xabar keng ommaga tarqaldi, hatto Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham yigitni qabul qildi. Hukumat vakillari Gassam hujjatlar bilan bog‘liq muammolarini imkon qadar tezroq tartibga solib, mamlakat fuqaroligini olishiga yordam qilishga va'da berishdi.

Manbaga ko‘ra, Gassama 28 iyun kuni o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishga joylashishga doir shartnomani imzolagan. U kuzdan boshlab xizmatga kirishadi, unga qadar esa dam olish uchun ta'tilga chiqadi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
19:06 / 07.06.2026
Sahroyi Kabirda yuk mashina buzilib qolib, 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026