Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining yana bir yo‘lida avtomobillar harakati tiklandi
Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga o‘tuvchi yo‘l avtomobillar harakati uchun qaytadan ochildi. Bu haqda shahar hokimligi saytida e'lon qilingan.

“Poytaxtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari fuqarolarning turmush kechirish sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Qolaversa bu yo‘llardagi harakatlanishni tartibga solish, yangi ko‘priklarni qurish va yo‘lovchilarning mushkulini oson qilish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Shu munosabat bilan transport vositalari uchun qulaylik yaratish maqsadida Yashnobod tumani Mahtumquli ko‘chasidan A.Qodiriy ko‘chasiga o‘tish yo‘li ochilganligini ma'lum qilamiz”,- deyiladi shahar hokimligi Axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026