Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh NATO mamlakatlarining siyosatidan umidsizlikka tushmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp NATOga a'zo mamlakatlar yetakchilariga maktub yo‘llab, alyansga a'zo ayrim davlatlar mudofaa xarajatlarini oshirmaganidan umidsiz bo‘layotganini bildirdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.
Gazetaga ko‘ra, maktub o‘tgan oyda tarqatilgan. Oluvchilar orasida Germaniya, Belgiya, Norvegiya va Kanada yetakchilari bor.
«Sizning aprel oyidagi tashrifingiz chog‘ida muhokama qilganimizdek, ayrim ittifoqchilar va'da qilganlariga qaramay (mudofaa uchun xarajatlarni) ko‘paytirmaganlari uchun AQShda umidsizlik kuchayib bormoqda», — deya Trampning Angela Merkelga yo‘llagan maktubidan iqtibos keltiradi gazeta.
Tramp ushbu maktubida qayd etishicha, yetarli bo‘lmagan mudofaa xarajatlari NATO xavfsizligiga salbiy ta'sir etmoqda hamda alyans ittifoqchilarining mudofaa byudjyetini oshirish borasida bergan va'dalarini bajarmasliklariga turtki bo‘lmoqda.
Nashrning yozishicha, Donald Tramp NATOga a'zo boshqa davlat rahbarlariga yo‘llagan maktublarida ham shunga o‘xshash e'tirozlarni bildirgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026