AQSh va Rossiya maxsus kuchlari qurollari taqqoslandi
AQSh maxsus amaliyotlar kuchlari har doim eng zamonaviy texnik vositalardan foydalangan. Boshqa mamlakatlar ham qo‘shinning bu turiga mablag‘lar sarf eta boshlayotganini inobatga olgan National Interest AQSh va Rossiya armiyasining maxsus bo‘linmalari texnik jihozlanishini qiyoslab ko‘rdi.
Ehtimol, maxsus amaliyot kuchlarining eng katta texnik ustunligi – bu ularning uchuvchisiz parvoz tizimlari, jumladan MQ-Predator va MQ-Reaper dronlariga egaligidir, deb yozadi nashriyot. Bu uchish qurilmalari quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llash uchun qurollarni elta oladi, kunning istalgan vaqtida nishonlarni aniqlab, ularni ta'qib qilishi mumkin.
Rossiya armiyasidagi uchuvchisiz qurilmalar, asosan, nishonlarni aniqlash va artilleriya uchun manzilni aniq belgilash uchun qo‘llaniladi. Ular maxsus bo‘linmalarni qo‘llab-quvvatlamaydi, deb yozadi National Interest. Rossiya armiyasida "Forpost" va "Orlan-10" nomli o‘ziuchar qurilmalar mavjud. Garchi "Forpost" Amerikaning MQ-1 Predator droniga aynan o‘xshash bo‘lsa-da, bortida qurol-yarog‘ tashiy olmasligi, uning imkoniyatini chegaralaydi. "Orlan-10" esa, sezilarli yengil bo‘lib, atigi 5 kg keladi.
Amerika maxsus kuchlarida mitti issiqko‘rgichlar hamda takomillashtirilgan tungi ko‘rish vositalari eng yuqori texnologiyali hisoblanadi. Misol uchun, AN/PVS-31 tungi ko‘rish uskunalarida yashil fosfor o‘rniga oq fosfordan foydalaniladi. Bu esa, tungi vaqtda ko‘rishning tiniqligini ta'minlaydi, deb yozadi National Interest.
Rossiya armiyasida, aksincha oq fosfor texnologiyasi qo‘llanilmagan NSPU va 1PN93 tungi ko‘rish vositalari mavjud.
Shunday qilib, National Interest nashriga ko‘ra, Rossiya va AQSh maxsus kuchlarining vazifalari va maqsadi turlichadir. Rossiya kuchlari mudofaa chog‘ida ishonchli harakat qilsa, Amerika kuchlari hujum uyushtirishda o‘zlarini ko‘rsata oladi.
Mavzuga oid
01:16
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024